Kroos «Barselona» bilan o‘yindan keyin «Real» futbolchisini qo‘llab-quvvatlagan

2024 yilning yozida futbolchilik faoliyatini yakunlagan Toni Kroos «Real» himoyachisi Antonio Ryudigerning «Barselona» bilan o‘yindagi xatti-harakatlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Ishonchim komilki, Ryudiger jarima bilan jazolanadi. Lekin u kimnidir o‘ldirgandek ko‘rinishga hojat yo‘q. Uning qilgan ishi xato edi. Ishonchim komilki, uning o‘zi ham hamma narsadan xabardor», – deydi «Real»ning sobiq futbolchisi.

Eslatib o‘tamiz, Madridning «Real» klubi o‘tgan hafta Ispaniya kubogi finalida «Barselona»ga mag‘lub bo‘lgandi (2:3). O‘yin yakunida “qaymoqranglilar”ning germaniyalik himoyachisi o‘yin hakamlaridan noroziligini bildirib, OAV xabariga ko‘ra, hakamga nisbatan haqoratomuz so‘zlar aytdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter