Kroos terma jamoadagi yetakchilik maqomi haqida gapirdi
Germaniya terma jamoasi yarim himoyachisi Toni Kroos 2024 yilgi Yevropa chempionati oldidan terma jamoa yetakchisi maqomi haqida gapirdi.
«Bu jamoani boshqarish qiyin emas. Ko‘ryapmanki, hammada g‘alaba qozonish istagi bor. Bizda hali yirik turnirlarda ishtirok etmagan bir nechta futbolchilar bor.
Menimcha, ularga ma’lum darajada qo‘llab-quvvatlash va xavfsizlik hissini berish har doim muhim. Oxir oqibat, muvaffaqiyatga erishish uchun bizga birga ishlaydigan yetarli futbolchilar kerak. O‘yinchilar qanchalik ko‘p o‘zlarini qulay his qilsalar, shuncha yaxshi bo‘ladi», – deydi Kroos.
34 yoshli futbolchi Germaniyada bo‘lib o‘tadigan Yevro-2024 dan so‘ng futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma’lum qilgandi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/