«Arsenal» g‘alabani ushlab qola olmaslik bo‘yicha APL antirekordini o‘rnatdi
«Arsenal» Premyer-ligada hisobda oldinda borayotgan o‘yinida yana durang o‘ynadi. Mikel Arteta jamoasi o‘z uyida «Kristal Pelas»ga qarshi derbida g‘alabani qo‘ldan chiqardi – 2:2. «Burgutlar»ni mag‘lubiyatdan qutqaruvchi gol 83-daqiqada kiritildi.
Bu Angliya chempionatining joriy mavsumida «Arsenal»ning raqibi o‘yin davomida mag‘lubiyatga uchrab, durang qayd etgan to‘qqizinchi holat bo‘ldi. Boshqa hech bir jamoa bilan bunday holat yetti martadan ko‘p sodir bo‘lmagan. Bundan tashqari, Opta ta’kidlaganidek, bu 2007/08 yilgi mavsumdan beri APLdagi eng yomon ko‘rsatkichdir – o‘shanda «Tottenxem» xuddi shuncha to‘qqiz marta g‘alabani qo‘ldan boy bergandi.
«Arsenal» 67 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Tez orada jamoa chempionlik uchun matematik imkoniyatlardan mahrum bo‘lishi mumkin – buning uchun «Liverpul»ga atigi bir ochko yetarli bo‘ladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/