Xojson: «Durangni ushlab qola olmadik»

«Kristal Pelas» Angliya premyer-ligasining o‘n ikkinchi turida kutilmaganda «Everton»ga mag‘lub bo‘ldi. «Burgutlar» ustozi Roy Xojson uchrashuv natijalarini quyidagicha izohladi:

«Men juda xafa bo‘ldim, biz tezda gol o‘tkazib yubordik, keyin hisobni tenglashtirdik va tanaffusda barcha futbolchilar raqibni siqib chiqarishimizga ishonishdi.

Ammo ikkinchi bo‘lim o‘tkazib yuborilgan ikkinchi gol bilan boshlandi. Biz yana hisobni tenglashtirdik va durangga xursand bo‘lardik, ammo durangni ushlab qola olmadik.

Natija tengligini saqlab qolishimiz kerak edi», – deya Xojsonning so‘zlarini keltirmoqda BBC Sport.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter