La Liga o‘tgan mavsumda juda katta daromad olganini e’lon qildi

La Liga 2023-24 yilgi mavsum uchun ijobiy moliyaviy natijalarni e’lon qilib, o‘yinlar va tomoshabinlar tashrifi bo‘yicha rekord ko‘rsatkichlarni qayd etdi.

La Liganing umumiy daromadi 5,049 milliard yevroni tashkil etdi, bu o‘tgan mavsumga nisbatan 3,2 foizga (157 million yevro) ko‘p. Daromadlarning asosiy qismini tijorat tushumlari (1,288 milliard yevro) va televizion huquqlardan olingan daromadlar (1,508 milliard yevro) tashkil etdi. Shu tariqa, La Liga pandemiyadan oldingi davrdan buyon ilk bor 5 milliard yevrodan ortiq ko‘rsatkichga qaytdi, biroq 2019 yilgi rekordgacha 16 million yevro kamlik qildi.

Ayniqsa, tomoshabinlar tashrifi ko‘rsatkichlari hayratlanarli bo‘ldi. 2023-24 yilgi mavsumda La Liga o‘yinlariga rekord darajadagi 16 million muxlis tashrif buyurdi, bu esa ligaga 716 million yevro daromad keltirdi – bu ham rekord ko‘rsatkich bo‘lib, o‘tgan mavsumga nisbatan 33 million yevroga ko‘p. Stadionlarning to‘ldirilishi so‘nggi 10 yildagi rekord darajaga yetdi – 75,4%.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter