«Barselona» 304 million yevro foyda ko‘rganini e’lon qildi

«Barselona» moliyaviy yil natijalarini e’lon qildi.

Kataloniya klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, «ko‘k-anorranglilar»ning soliqlar to‘langanidan keyingi sof foydasi 304 million yevroni tashkil qilgan. Natija o‘tgan mavsum byudjetida tasdiqlanganidan yuqori bo‘ldi. 2022/23 yilgi mavsumda «Barselona» 1,165 milliard yevro operasion xarajatlar bilan 1,259 milliard yevro konsolidasiyalangan operasion foyda oldi.

«Barselona» tijorat va ob’ektlarni boshqarish sohasida rekord natijalarga erishgani aytiladi. Klub o‘z faoliyatining barcha sohalarida yaxshilanishlarni amalga oshirdi va ularning har birida kutilganidan yuqori natijalarni qayd etdi.

Tijorat darajasida klub 351 million yevro daromad bilan rekord ko‘rsatkichlarga erishdi (o‘tgan yilga nisbatan +43%). Homiylikdan tushgan daromad deyarli 200 million yevroga yetdi, «Barsa» do‘konlaridagi sotuvlar esa 100 million yevroni tashkil etdi, bu ham mutlaq rekorddir.

 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter