Osiyo Kubogi-2023. Bir o‘yinga o‘rtacha qancha tomoshabin tashrif buyurdi?

Bugun Osiyo kubogining so‘nggi 51-uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Shu paytgacha musobaqaning 50 ta uchrashuviga 1,385,156 muxlis tashrif buyurdi. Bu degani, har bir o‘yinni o‘rtacha 27,703 muxlis stadiondan tomosha qilgan.

Taqqoslash uchun, 2004 yil Xitoyda o‘tkazilgan Osiyo kubogiga umumiy hisobda 937,650 muxlis tashrif buyurgan bo‘lib, har bir o‘yinga o‘rtacha 29,302 ta tomoshabindan to‘g‘ri kelgan.

Bugun «Lusayl» stadionida o‘tadigan final o‘yiniga 80 mingdan ziyod tomoshabin kelishi kutilmoqda. Shunday bo‘lgan taqdirda ham, ushbu Osiyo kubogida o‘rtacha tomoshabinlar tashrifi 29 mingga yetmaydi. Demak, o‘rtacha tomoshabinlar soni bo‘yicha 2004 yil Xitoyda o‘rnatilgan rekord saqlanib qoladi.

Manba: https://t.me/SamvelKarlenich

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter