«Chelsi» Koshta uchun Manchester klublari bilan kurashishga tayyor
Londonning «Chelsi» klubi «Manchester Yunayted» o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan posbonga yana qiziqish bildira boshladi.
TeamTalk nashri manbalarining ma’lum qilishicha, «ko‘klar» rahbariyati yozda asosiy transfer maqsadi sifatida qaralayotgan «Portu» vakili Diogu Koshta o‘yinini kuzatishda davom etmoqda. Ma’lumki, uni Edersonga o‘rinbosar izlayotgan «Manchester Siti» va «Manchester Yunayted» kuzatib bormoqda, chunki klub Andre Onanadan norozi.
Qayd etilishicha, Portugaliya terma jamoasining 25 yoshli posboni shartnomasida 75 million yevrolik tovon puli bor, ammo «ajdarlar» muzokaralarga ochiq bo‘ladi, chunki uning klub bilan kelishuvi 2027 yilning yozida tugaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/