«Arsenal» va «Manchester Yunayted» 70 million yevroli yarim himoyachi uchun kurash olib bormoqchi

Huquqlari «Vulverxempton»ga tegishli bo‘lgan hujumkor yarim himoyachi Pedru Netuga transfer bozorida talab katta.

TeamTalk xabariga ko‘ra, Londonning «Arsenal», «Manchester Yunayted» va Saudiya Arabistoni chempionati klublari 23 yoshli portugaliyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. “Bo‘rilar” yetakchi futbolchisini unga kamida 70 million yevro taklif qilsagina sotishga tayyor.

Joriy mavsumda Pedru “Vulverxempton” safida o‘nta o‘yinda qatnashib, bitta gol urdi va yettita golli uzatmani amalga oshirdi. Uning shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter