Lingard APL klubi bilan shartnoma imzolaydi
Yarim himoyachi Jessi Lingard «Vest Xem» yoki «Vulverxempton»ga o‘tishga yaqin turibdi, deya xabar beradi Sky Sports.
Ikkala klub ham erkin agent bo‘lgan 30 yoshli ingliz futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olish borasida jiddiy o‘ylamoqda. Lingard yaqinda «Vest Xem» bilan mashg‘ulot o‘tkazayotgandi, ammo «Vulverxempton» ham futbolchiga qiziqish bildira boshladi va yaqin kunlarda unga rasmiy taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda.
2022/23 yilgi mavsumda Lingard «Nottingem Forest»da o‘ynadi va u yerda 20 ta o‘yinda 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/