Niko Uilyams kutilmaganda «Atletik»da qolishga qaror qilishi mumkin

Bilbaoning «Atletik» klubi qanot vingeri Niko Uilyams yozda ham jamoani tark etmasligi mumkin.

Diario AS xabariga ko‘ra, 22 yoshli futbolchi agar basklar kelasi mavsumda Chempionlar ligasida o‘ynash huquqini qo‘lga kiritsa, klubda qolishga tayyor bo‘lishini aytdi.

Hozirda Transfermarkt tomonidan 70 million yevroga baholanayotgan Uilyamsga APL grandlari qiziqish bildirmoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter