«Real» Xabi Alonsoni tekinga olish uchun Arda Gyulerni taklif qilmoqchi

Madridning «Real» klubi «Bayer» Leverkuzen ustozi Xabi Alonsoni tovon pulisiz qo‘lga kiritmoqchi.

Sport nashri xabariga ko‘ra, madridliklar bu yo‘lda nemis klubiga Arda Gyulerni sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishni taklif qilmoqchi.

18 yoshli turkiyalik hujumkor yarim himoyachi Madridda kam o‘yin amaliyoti olmayotgani sabab bu transferga ochiq.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter