«Bavariya» Alonsoning tayinlanishini orzu qiladi
Myunxenning «Bavariya» klubi sobiq futbolchisi Xabi Alonsoni bosh murabbiy etib tayinlashni orzu qilmoqda. The Athletic xabariga ko‘ra, ispaniyalik mutaxassis «qizil mashina» boshqaruviga ustuvor nomzod hisoblanadi.
«Bavariya» Germaniya terma jamoasi murabbiyi sifatida muvaffaqiyatsizlikka uchragan Xans-Diter Flikning nomzodiga shubha qilmoqda. Amaldagi bosh murabbiy Tomas Tuxelga kelsak, nemis kelasi mavsumda klubda qolishi dargumon.
Alonso boshchiligida «Bayer» ayni damda Bundesliga turnir jadvalida «Bavariya»dan 8 ochkoga farq bilan peshqadamlik qilmoqda. Leverkuzen klubi o‘z tarixida hech qachon Germaniya chempionligini qo‘lga kiritmagan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/