«Arsenal» «Bavariya» vingeri uchun qiziqishni kuchaytirdi
Londonning «Arsenal» klubi «Bavariya» hujumchisi Kingsli Komanni qo‘lga kiritish bo‘yicha harakatni kuchaytirdi. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 28 yoshli fransuz va nemis klubi 2027 yilgacha mo‘ljallangan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erisha olmayapti, bu esa ehtimoliy transfer imkoniyatlarini oshiradi.
Koman Transfermarkt portalida 35 million yevroga baholanmoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/