«Bavariya» vingeri jarohat oldi
«Bavariya» vingeri Kingsli Koman Chempionlar ligasi doirasida «Manchester Yunayted»ga qarshi o‘yinda jarohat oldi.
Bild xabariga ko‘ra, fransiyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda mushaklaridagi jarohat tufayli almashtirilgan. Bugun Koman ko‘rikdan o‘tishi kerak, bu esa zarar qanchalik jiddiy ekanligini ko‘rsatadi. Hatto dastlabki tiklanish sanalari ham hozircha noma’lum.
Koman joriy mavsum Germaniya Bundesligasida gol+pas tizimida 3+3 natija qayd etdi. Fransiyalik futbolchi myunxenliklar safida 2015 yilning yozidan buyon o‘ynayapti.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/