«Barsa» Komanning agentlari bilan aloqa o‘rnatdi

«Barselona» Niko Uilyams o‘rniga Kingsli Komanni sotib olishi mumkin.

Avvalroq, Kataloniya klubiga 28 yoshli vinger xizmatini taklif qilgani ma’lum bo‘lgandi. «Bavariya» uni ijaraga berishga tayyor – sotib olish majburiyati bilan.

Agar «Barselona» Niko Uilyamsni qo‘lga kirita olmasa, Koman muqobil variant bo‘lishi mumkin, deya xabar beradi Sky Sports jurnalisti Kerri Xou. Dani Olmo bilan shartnoma imzolagandan so‘ng, «blaugrana» yangi transfer va ro‘yxatdan o‘tkazish uchun birinchi navbatda katta savdolarni amalga oshirishi kerak.

Xans-Diter Flik Komanning ashaddiy muxlisi bo‘lib qolmoqda.

Florian Plettenbergning qo‘shimcha qilishicha, «Barselona» so‘nggi bir necha kun ichida fransiyalik futbolchining agentlari bilan aloqada bo‘lgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter