«Bavariya» himoyachisi bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolamoqchi
«Bavariya» rahbariyati jamoa himoyachisi Dayot Upamekanoga yangi shartnoma taklif qilishga qaror qildi.
«Bavariya» 26 yoshli fransiyalik himoyachi bilan uzoq muddatli shartnoma imzolashga tayyor. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar hozirdan davom etmoqda, ammo yakuniy kelishuvga hali erishilmagan, chunki klub yiliga 15 million yevro juda ko‘p, deb hisoblamoqda.
Dayot “Bavariya”ga 2021 yilning yozida “RB Leypsig”dan 42,5 million yevro evaziga o‘tgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/