«Bavariya» Devis bilan uzoq muddatli yangi shartnoma imzolaydi
«Bavariya» va Alfonso Devis tez orada yangi shartnoma imzolashi mumkin.
The Athletic xabariga ko‘ra, Myunxen klubi 24 yoshli kanadalik himoyachi bilan yangi shartnoma borasida kelishib olishga yaqin turibdi.
Devisning amaldagi shartnomasi shu yozda tugaydi. Biroq, hozir tomonlar kelishuvga yaqin, hal qilish uchun ko‘p narsa qolmadi.
Shartnoma to‘rt yilga mo‘ljallangan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/