Sane uzoq muddatli shartnoma imzolamoqchi
Leroy Sane kelajakda uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida.
Qanot futbolchisining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilgacha mo‘ljallangan. Sport1 xabariga ko‘ra, futbolchi hozir bor e’tiborini o‘yinga qaratgan va kelajagi borasida faqat kelasi yozda bir qarorga kelishi mumkin. Bu, ehtimol, Yevropa chempionati tugaganidan keyin sodir bo‘ladi.
Qayd etilishicha, nemis «Bavariya» yoki boshqa klub bilan 5 yillik shartnoma imzolamoqchi. Shu bilan birga, Sane maoshini sezilarli darajada oshirishni talab qilmaydi – hozir u yiliga 19 million yevroga yaqin maosh oladi, myunxenliklar klubi tomonidan belgilangan limit esa 25 million.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/