Antonio Konte «Napoli»dagi kelajagi bo‘yicha bir qarorga keldi
«Napoli» bosh murabbiyi Antonio Konte jamoada qolishga qaror qildi, deya xabar bermoqda Football Italia La Gazzetta dello Sport nashriga tayanib.
Manbaga ko‘ra, 55 yoshli mutaxassis «Yuventus» yoki «Milan»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga qaramay, 2025/26 yilgi mavsumda klub bilan ishlashni davom ettirishga qaror qilgan.
Antonioning amaldagi shartnomasi 2027 yilning iyunigacha mo‘ljallangan.
«Napoli» Italiya chempionatida 31-turdan keyin 65 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. Jamoa «Inter»dan 6 ochko ortda qolmoqda, ammo neapolliklarda zaxira o‘yini bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/