Hushini yo‘qotgan «Milan» darvozaboni shifoxonadan chiqdi
«Milan» darvozaboni Mik Menyan A Seriyasining 32-turida «Udineze»ga qarshi o‘yinda (4:0) jamoadoshi Aleks Ximenes bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng shifoxonaga olib ketilgandi. To‘qnashuv natijasida fransiyalik posbon hushini yo‘qotib, maydonni zambilda tark etdi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
«Bugun ertalab Mik kasalxonadan chiqdi va ahvoli yaxshi. Endi u seshanba kunigacha to‘liq dam olishi kerak, ya’ni tekshiruvlarning yangi bosqichi bo‘lib o‘tadi», – dedi Italiya klubi vakili nashrga.
Joriy mavsumda Menyan «Milan» safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yin o‘tkazib, 52 ta gol o‘tkazib yuborgan va 12 ta o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Futbolchining amaldagi klubi bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 29 yoshli futbolchining bozor qiymati 25 million yevroni tashkil qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/