Menyan: «Muxlislar meni maymun deb haqorat qilishdi»

«Milan» darvozaboni Mik Menyan «Udineze»ni 3:2 hisobida mag‘lub etgan A Seriyaning 21-turidan o‘rin olgan o‘yinni hakam to‘xtatib qo‘yishiga to‘g‘ri kelgan voqea tafsilotlarini aytib berdi.

«Birinchi bo‘limda to‘pni darvozadan chiqarib yubormoqchi bo‘lganimda, menga qarata «maymun» degan qichqiriqlarni eshitdim, lekin umuman munosabat bildirmadim. Keyin ular yana shunday qilishdi. Men to‘rtinchi hakamga murojaat qildim va nima bo‘lganini tushuntirdim. Bu birinchi marta sodir bo‘layotgani yo‘q, biz muhim xabar, signal yuborishimiz kerak.

Ayni damda bu ishni qilganlar bilan gaplashishni istamayman, foydasi yo‘q. Men kabi azob chekkan barcha futbolchilarga yordam berish uchun aybdorlar jazolanishi kerak. Ular johil, uyda qolishlari kerak. Haqiqiy muxlislari stadionga ko‘ngil qo‘yish uchun kelishadi. Futbolda bunday bo‘lmasligi kerak.

Dastlab maydonga qaytishni istamagandim, ammo klubimiz ajoyib, bizda ajoyib jamoa bor. Hamma menga ergashdi, keyin biz g‘alaba qozonish uchun maydonga tushdik. Uch ochko to‘plash – bu vaziyatga to‘g‘ri javob.

Prokuratura bu muammoni hal qilishda jiddiy yondashishi kerak, chunki ba’zida u harakat qilmaydi. Biroq, biz, futbolchilar, bu haqda jim turmasligimiz kerak», – dedi Menyan Relevo bilan suhbatda.

Eslatib o‘tamiz, fransiyalik futbolchi “Udineze” muxlislari tomonidan o‘ziga nisbatan qilingan irqchi haqoratlar yuzasidan hakamga shikoyat qilgan edi. Futbolchi o‘yinni davom ettirishni istamay, tribuna xonasiga yo’l oldi, biroq jamoadoshlari uni qaytishga ko‘ndirishdi. Uchrashuv besh daqiqaga to‘xtatildi va keyin davom etdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter