Indzagi qo‘l ostida «Inter» A Seriyada 54 ta uy uchrashuvida g‘alaba qozondi
Simone Indzagi qo‘l ostida «Inter» A Seriyada 54 ta uy o‘yinida g‘alaba qozondi.
Bu 2021/22 yilgi mavsum oldidan murabbiy tayinlanganidan beri Yevropaning top-5 ligasidagi uchinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Madridning «Real» klubi bu vaqt ichida La Ligada ham xuddi shunday miqdordagi uydagi g‘alabalarni qo‘lga kiritdi.
«Manchester Siti» APLda 56 ta uy g‘alabasi bilan peshqadamlik qilmoqda, «Liverpul» esa 55 ta g‘alaba bilan ikkinchi o‘rinda.
Shanba kuni «Inter» Italiya chempionatining 32-turida «Kalyari»ni mag‘lub etdi (3:1).
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/