De Bryuyne: «O‘ynashda davom etmoqchiman»
Kevin de Bryuyne bu mavsumdan keyin faoliyatini yakunlashni rejalashtirmayapti.
Avvalroq belgiyalik yarim himoyachi mavsum yakunlangach, «Manchester Siti»ni tark etishini ma’lum qilgandi.
«Albatta, og‘ir yil bo‘ldi. Churra («grija») yoqimsiz, lekin so‘nggi olti hafta davomida og‘riqni his qilmayapman. Men o‘zimni erkin his qilaman, ko‘p mashq qila olaman va o‘z ishimni yaxshi bajara olaman.
Keyin nima bo‘lishini bilmayman, lekin o‘ynashda davom etmoqchiman, ko‘ramiz, qayerda bo‘lar ekanman,» – deydi 33 yoshli futbolchi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/