Braziliyalik futbolchi shifoxonaga yotqizildi
Braziliyalik futbolchi Luis Gustavo o‘pkasida qon ivib qolganligi sababli shifoxonaga yotqizildi.
«San-Paulu»ning 37 yoshli yarim himoyachisi Albert Eynshteyn kasalxonasiga yotqizildi. Gustavoga o‘pka emboliyasi tashxisi qo‘yilgan (o‘pkada qon aylanishining o‘tkir buzilishi).
“Bavariya”, “Volfsburg”, “Marsel”, “Fenerbaxche” va “An-Nasr” klublarining sobiq futbolchisi shifokorlar nazorati ostida.
Eslatib o‘tamiz, uch karra jahon chempioni, Braziliya terma jamoasining sobiq a’zosi Pele 2022 yilning dekabrida Albert Eynshteyn kasalxonasida vafot etgan edi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/