Angliya terma jamoasi himoyachisi safdan chiqdi
“Kristal Pelas” va Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gexi shifoxonaga yotqizildi.
Daily Mail xabariga ko‘ra, 23 yoshli Gexi shu oy boshida APL doirasida «Brayton»ga qarshi o‘yinda tizzasidan olgan jarohati tufayli kasalxonaga yotqizildi.
Manbaga ko‘ra, Gexi mutaxassislarga murojaat qilgan va operasiya qilingan. Futbolchi yana olti-sakkiz haftani o‘tkazib yuboradi.
Shu tariqa Gexi Angliya terma jamoasi safida mart oyidagi tayyorgarlik uchrashuvlarida maydonga tushmaydi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/