Sebalyos jarohatidan so‘ng bayonot berdi

«Real» yarim himoyachisi Dani Sebalyos jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Shundan so‘ng, 28 yoshli futbolchi ijtimoiy tarmoqlar orqali bayonot berdi.

«Mavsumning juda muhim davrida jamoaga yordam bera olmasligim juda achinarli. Va men hayotimdagi eng yaxshi lahza deb hisoblagan narsani to‘xtatishga majbur bo‘lganim juda qayg‘uli. Lekin futbol shunaqa. U har doim ham oddiy va unchalik adolatli emas. Men buni kuch, kurashish istagi va yanada kuchli bo‘lib qaytishimga ishonch bilan qarshi olishim kerak. Tez orada, siz o‘ylagandan ham oldinroq ko‘rishamiz,» deb yozgan Sebalyos.

Avvalroq Dani Sebalyosning tiklanish muddati haqida ma’lumot paydo bo‘lgandi. Katta ehtimol bilan xavbek faqat may oyida o‘ynashga tayyor bo‘ladi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter