Fernandesh: «De Bryuyne nafaqat «Manchester Siti» tarixiga, balki Premyer-liga tarixiga ham kiradi»

Bruno Fernandesh Kevin De Bryuynening Premyer-ligaga qo‘shgan hissasini yuqori baholadi.

APLning 31-turidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted” va “Manchester Siti” jamoalari o‘rtasidagi bahsda 0:0 hisobidagi durang qayd etildi.

Avvalroq, «shaharliklar» yarim himoyachisi De Bryuyne mavsum yakunida jamoani tark etishini malum qilgandi.

«De Bryuyne Premyer-ligani yanada yaxshiladi. «Siti» o‘z joyida va «Manchester Yunayted» bu davrda ko‘p sovrin yutmagani Kevinga bog‘liq.

U ajoyib natijalarga erishdi. Premyer-ligadagi 10 yil – bu uzoq vaqt. Ular ajralishga qaror qilishdi.

Kevin nafaqat «Manchester Siti» tarixiga, balki Premyer-liga tarixiga ham kiradi», dedi «Manchester Yunayted» yarim himoyachisi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter