«Tottenxem»ning bundan oldingi g‘alabasi qachon bo‘lgandi?

«Tottenxem Hotspur» Premyer-ligadagi 5 o‘yinda birinchi g‘alabasiga erishdi.
Kecha «shporlar» 31-tur uchrashuvida «Sautgempton»ni mag‘lub etdi (3:1).

Premyer-liganing oldingi to‘rtta uchrashuvida «Tottenxem» uch marta mag‘lub bo‘lgandi – «Man Siti» (0:1), «Fulxem» (0:2) va «Chelsi»ga (0:1), shuningdek, «Bornmut» bilan durang o‘ynagan (2:2).

Jamoa Anje Postekoglu qo‘l ostida so‘nggi g‘alabani 22 fevral kuni «Ipsvich»ga qarshi o‘yinda qo‘lga kiritgandi (4:1).

«Tottenxem» 31 turda 37 ochko jamg‘argan holda Premyer-ligada 13-o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter