«Real»ga qarshi o‘yinda jarohat olgan «Valensiya» himoyachisi uchun mavsum yakunlandi
«Valensiya» himoyachisi Muktar Diakabi jarohati sabab mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.
27 yoshli futbolchi «Real» bilan o‘yinda (2:2) jarohat olgandi. Uchrashuvning 87-daqiqasida Aureliyen Tchuameni futbolchining tizzasiga yiqilib, Diakabining tizzasi g‘ayritabiiy bukildi.
«Valensiya» matbuot xizmati Diakabining tizzasi chiqib ketganini, shu sabab futbolchi mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuborishini tasdiqladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/