«Yuventus» mavsum yakuniga qadar Mottani iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti

«Yuventus» bosh murabbiy Tiago Mottani hech bo‘lmaganda joriy mavsum oxirigacha iste’foga chiqarishni rejalashtirmayapti.

Murabbiyning yaqin orada ishdan bo‘shatilishi haqidagi mish-mishlar «byankoneri»ning A Seriyada «Atalanta»ga o‘z uyidagi yirik mag‘lubiyatidan (0:4) keyin yana kuchaydi. Asosiy raqiblaridan biriga mag‘lub bo‘lgan turinliklar chempionlik uchun kurashish imkoniyatidan deyarli mahrum bo‘lishdi.

Shunga qaramay, jurnalist Nikolo Shkiraning so‘zlariga ko‘ra, «Yuventus» Mottaning mavsum davomida iste’foga chiqishi imkoniyatini ko‘rib chiqmayapti. Murabbiy bilan keyingi hamkorlik bo‘yicha qaror kampaniya yakunlanganidan keyin qabul qilinadi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter