A Seriya. «Napoli» «Milan»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Italiya A Seriyasining 30-turida «Napoli» o‘z maydonida «Milan»ni mag‘lub etdi – 2:1.

O‘yinning 2-daqiqasida Matteo Politano hisobni ochdi. Oradan 17 daqiqa o‘tib, mezbonlarning ikkinchi goliga Romelu Lukaku mualliflik qildi.

69-daqiqada mehmonlar forvardi Santyago Ximenes penaltidan unumli foydalana olmadi. «Milan» o‘yin oxirida farqni bittaga qisqartira oldi – 84-daqiqada Luka Yovich gol urdi.

«Napoli» (64) A Seriyada 2-o‘rinda bormoqda. Antonio Konte jamoasi peshqadam «Inter»dan 3 ochko ortda qolmoqda.

«Milan» (47) turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter