A Seriya. «Milan» «Napoli» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi

Italiya chempionati 24-turining markaziy uchrashuvida «Milan» «Napoli»ni qabul qildi.

Bahsda «rossonerilar» Teo Ernandes kiritgan yagona gol evaziga g‘alaba qozondi.

Milan – Napoli 1:0 (1:0, 0:0)
12 fevral, 00.45, «Djuzeppe Meassa (San-Siro)»
Gol: 1:0 – 25 Ernandes.
Milan – Menyan, Kalabriya (Florensi, 37), Kyer (Simich, 66), Gabbiya, Ernandes, Loftus-CHik, Bennaser (Musa, 65), Pulishich (Ximenes, 81), Adli, Rafael Leau, Jiru (Yovich, 80).
Napoli – Gollini, Di Lorenso, Jezus (Ngonj, 90), Rraxmani, Estigor (Politano, 46), Massokki (Olivera, 76), Lobotka, Zelinski (Lindstrem, 76), Zambo-Angissa, Kvarasxeliya, Simeone (Raspadori, 55).
Ogohlantirishlar: Jezus (85), Ernandes (90).

Manba: www.stadion.uz.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter