Flik shogirdlarining sog‘lom raqobat qurayotganidan mamnun

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumning boshida bo‘ladigan Robert Levandovski va Ferran Torres o‘rtasidagi raqobat haqida gapirdi.

Murabbiyning so‘zlariga ko‘ra, Levandovski La Liganing eng yaxshi to‘purarlik sovrini haqida o‘ylamayapti.

«Men Ferran va Robert bilan gaplashdim. «Osasuna» bilan o‘yin oldidan bo‘lajak bahslarni hisobga olgan holda qaror qabul qildik (Levandovski o‘shanda ikkinchi bo‘limda zaxiradan maydonga tushgandi).

Levandovski faqat jamoa muvaffaqiyatini istaydi, Pichichi sovrini haqida o‘ylamaydi. U jamoaga nima kerakligini ko‘rib chiqadi. Bu juda yaxshi», – dedi Flik.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter