Amorim: «Maguayr – ajoyib»

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ruben Amorim himoyachi Xarri Maguayrning «Manchester Siti»ga qarshi (2:1) o‘yini haqidagi savolga javob berdi.

«Maguayr ajoyib, agar siz uchta markaziy himoyachini o‘ynasangiz, u o‘rtada juda yaxshi. «Manchester Siti»ga qarshi o‘yinda nafaqat Maguayr emas, balki barcha o‘yinchilar yaxshi himoyalanishdi va ular konsentrasiyasini oxirigacha saqlab qolishdi», – dedi portugaliyalik mutaxassis.

31 yoshli angliyalik futbolchi joriy mavsumda «Manchester Yunayted» safida barcha turnirlarda 13 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta gol urgan.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter