Amorim «Vest Xem»ni boshqarishga yaqin kelganmidi?

«Manchester Yunayted»ning yangi bosh murabbiyi Ruben Amorim o‘tgan mavsumda «Vest Xem»ni boshqarishga yaqin kelgani haqidagi mish-mishlarni rad etdi.

Ma’lumki, aprel oyida Amorim Lissabondan Londonga uchib, David Moyes bilan xayrlashishga tayyorlanayotgan «Vest Xem» rahbariyati bilan uchrashgan.

Biroq yaqin kunlarda «Sporting»ni tark etadigan «Manchester Yunayted»ga o‘tadigan 39 yoshli portugaliyalik murabbiy poytaxt klubiga tayinlanishi haqida gaplashmaganini ta’kidlamoqda.

«Men Angliyaga bordim, lekin muzokaralar uchun emas, faqat xo‘jayin bilan uchrashish uchun bordim. Men qolishga qaror qildim. Agar o‘tgan yili ketishni xohlagan deb o‘ylasangiz, unda men bu haqda hech narsa qila olmayman», – dedi Amorim Sky Sports bilan suhbatda.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter