«Real» Angliyadan 18 yoshli forvard topib qo‘ydi

Hujumchi Kaylan Vikers faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin, deb xabar beradi The Sun.

Manbaning xabariga ko‘ra, 18 yoshli angliyalik futbolchiga qishki transfer oynasida futbolchini sotib olishga tayyor bo‘lgan «Real Madrid» da’vogarlik qilmoqda. Qayd etilishicha, forvard uchun “Arsenal” ham qiziqish bildirmoqda. Madridning “Real” klubi Vikersni 1 million funt sterlingga sotib olishga tayyor.

Joriy mavsumda Vikers barcha turnirlarda 19 ta o‘yin o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter