«Milan» yarim himoyachisi: «Roma»da o‘zimni qulay his qilaman»

«Roma»da ijara asosida o‘ynayotgan «Milan» yarim himoyachisi Aleksis Salemakers kelajagi haqidagi savolga javob berdi.

«Men “Roma”da darhol o‘zimni qulay his qildim, xuddi oiladagidek, menga hamma narsa yoqadi. Asosiysi, futbol o‘ynab, jamoaga foyda keltirish.

Faoliyatimni qaysi klubda davom ettiraman? Bu menga bog‘liq emas. Endi bor e’tiborimni “Roma”da o‘ynashga qaratganman», – deya Salemakersning so‘zlarini keltiradi TMW.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter