«Bavariya» futbolchisi sotuvidan tushgan pulni Virsni sotib olishga ishlatadi
«Bavariya» Leon Goreskani sotishdan tushgan mablag‘ni «Bayer»dan Florian Virsni sotib olish uchun ishlatmoqchi, deb yozadi Florian Plettenberg.
Myunxen klubiga zudlik bilan pul kerak, shuning uchun ular 29 yoshli Goreskani transferga qo‘yishdi. Endi eng ehtimoliy variant Leoning boshqa Yevropa ligasidagi top-klubga o‘tishi, da’vogarlardan biri «Manchester Yunayted».
Goreska «Boxum» tarbiyalanuvchisi, u «Shalke»da ham o‘ynagan, 2018 yilning iyulidan esa «Bavariya»ga o‘tgan. Joriy mavsumda nemis 9 o‘yinda 1 ta gol urdi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/