Yamal: «Balki «Real» himoyachilari meni o‘ng oyoq bilan ham o‘ynashim mumkinligini bilishmagandir»
Kataloniyaning «Barselona» klubi yulduz vingeri Lamin Yamal Ispaniya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan «Real»ga qarshi o‘yinda o‘ng oyog‘i bilan urgan goli haqida gapirdi. «Ko‘k-anorranglilar» mehmonda yirik 4:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.
«Men o‘z ishimni qildim. Epizodning ajoyib yakuni. Balki «Real» himoyachilari meni o‘ng oyoq bilan ham o‘ynashim mumkinligini bilishmagandir. Men nima kerak bo‘lsa foydalanishim mumkin. Xuddi bugun bo‘lganidek», – deb yozadi insayder Fabrisio Romano ijtimoiy tarmoqlarda 17 yoshli futbolchining so‘zlarini.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/