Yamal va Kubarsi nega asosiy tarkibda maydonga tushdi? – Xavi javob berdi

«Barselona» bosh murabbiyi Xavi Ernandes «Betis»ga qarshi o‘yinda jamoaning asosiy tarkibiga Lamin Yamal va Pau Kubarsi kiritilgani haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bugun, 21-yanvar kuni Kataloniya klubi Ispaniya chempionatining 21-turi doirasida safarda “Betis” bilan uchrashadi.

16 yoshli Yamal va Kubarsi ilk daqiqalardanoq maydonga tushishadi.

«Yamal va Kubarsi asosiy tarkibda o‘ynashga tayyor. Lamin biz uchun allaqachon haqiqatga aylangan va Kubarsi oxirgi paytlarda o‘rinbosarlar jamoasida yaxshi o‘yinlar o‘tkazmoqda», – dedi Xavi. 

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter