Yamal Adidas bilan yirik shartnoma imzoladi

Kataloniyaning «Barselona» klubi vingeri Lamin Yamal eng yirik sport brendlaridan birining yuziga aylandi. Sport.es nashri xabariga ko‘ra, 16 yoshli futbolchi Adidas bilan shartnoma imzolagan bo‘lib, u Laminga nafaqat katta pul, balki kelajakda eng muhim elchilardan biri maqomini ham va’da qilgan.

Manbaning xabar berishicha, futbolchi allaqachon Adidas bilan hamkorlik qilayotgani haqida videomurojaat yozib bo‘lgan.

Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida Yamal bitta gol urdi va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter