Kalafyori: «Endi o‘ynash vaqti keldi»

«Arsenal» himoyachisi Rikkardo Kalafyori safga qaytganidan so‘ng fikrlarini bildirib o‘tdi.

Kuni kecha italiyalik futbolchi Chempionlar ligasining 1-turi doirasidagi “Atalanta”ga qarshi o‘yinda 17 daqiqaga maydonga tushdi.

«Arsenal»ga qo‘shilishdan oldin ham bu juda katta qiyinchilik ekanini bilardim. Men o‘z fazilatlarim va mahoratim bilan jamoaga yordam berishdan xursandman.

Men ko‘proq kuchimni berishim kerakligini bilaman, bu aniq. Raqobat yaxshi, chunki u mashg‘ulotlarda ham, o‘yinlarda ham hammani oldinga chorlaydi. Men allaqachon ko‘nikdim, jamoa meni hayratlanarli darajada qo‘llab-quvvatladi. Endi o‘ynash vaqti keldi», – deya Kalafyorining so‘zlarini keltirmoqda Goal.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter