«Yuventus» cheklangan resurs bilan bir transferni amalga oshirmoqchi
«Yuventus» «Bolonya»ga Rikkardo Kalafyori evaziga Arkadiush Milikni taklif qiladi.
22 yoshli futbolchi ushbu mavsumda «Bolonya»dagi o‘yinlaridan so‘ng «keksa sinyora»ning asosiy transfer maqsadi bo‘ldi.
La Gazette dello Sport xabariga ko‘ra, «Yuventus» Milikni Kalafyori bilan almashish taklifini «Bolonya»ga bergan.
«Byankonerilar» bu yozda o‘z tarkibini yangilamoqchi, ammo resurslari cheklangan. Shunday qilib, o‘yinchi almashinuvi ularga xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.
«Yuventus» 30 yoshli futbolchining maoshining bir qismini qoplaydi. «Napoli»ning sobiq hujumchisi joriy mavsum sakkizta gol urdi. Uning «byankoneri» bilan shartnomasi 2026 yilgacha amal qiladi.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/