Motta shogirdini «Yuventus»ga olib ketmoqchi

Turinning “Yuventus” klubi “Bolonya” himoyachisi Rikkardo Kalafyori bilan shartnoma imzolamoqchi, deya xabar beradi Fabrisio Romano.

Malumotlarga ko‘ra, 22 yoshli Kalafyorining o‘zi bu transferga qiziqish bildirmoqda, chunki u «Bolonya»dan «Keksa sinyora»ga o‘tgan bosh murabbiy Tiago Motta bilan ishlashni davom ettirmoqchi. Himoyachi allaqachon shaxsiy shartnoma bo‘yicha kelishib bo‘lgan va klublar o‘rtasida keyingi muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Kelishuvga boshqa futbolchilar ham kiritilishi mumkin.

Joriy mavsumda Rikkardo Kalafyori “Bolonya” safida 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter