«Nyukasl» Angliya terma jamoasi himoyachisidan voz kechmayapti
Yozgi transfer oynasidan keyin Angliya terma jamoasi himoyachisi Mark Gexi “Kristal Pelas”da qoldi. «Nyukasl» yozda futbolchini qo‘lga kiritishga urinib ko‘rdi, ammo kelishuv amalga oshmadi.
Football Insider nashriga tayanib, Transfer News Live xabariga ko‘ra, «Nyukasl» yanvar oyida Gexini qo‘lga kiritish uchun yangi harakat qiladi.
Transfermarkt portali mutaxassislari 24 yoshli Gexini 38 million yevroga baholamoqda.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/