Yevro-2024 oldidan Angliya terma jamoasi asosiy himoyachisidan ayrilishi mumkin

Himoyachi Xarri Maguayr Angliya terma jamoasining 2024 yilgi Yevropa chempionati uchun yakuniy tarkibiga kiritilmasligi mumkin.

The Telegraph’ning o‘z sahifalarida xabar berishicha, 31 yoshli futbolchining sog‘ligida muammolar paydo bo‘lgan.

Maguayr hozirda individual dastur bo‘yicha mashg‘ulotlar olib bormoqda. Keyingi haftada Yevropa chempionati boshlanadi.

Angliya terma jamoasi musobaqaning guruh bosqichida Serbiya (16 iyun), Daniya (20 iyun) va Sloveniya (25 iyun) terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter