Isko muvaffaqiyatli operasiya qilindi

«Betis» yarim himoyachisi Isko operasiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi.

«Real Madrid»ning sobiq futbolchisi 2024 yilning may oyida chap oyog‘ining suyagi singan, shundan so‘ng u operasiya qilindi.

«Isko Madridda chap oyoq suyagi singanidan so‘ng operasiya qilindi. Singan joyi tozalandi va suyak grefti bilan mustahkamlandi, osteosintez plitasi almashtirildi. Futbolchiga stressiz dastlabki bosqich kerak bo‘ladi, shundan so‘ng u reabilitasiya bosqichidan o‘tadi», – dedi klub matbuot xizmati.

Yangilik manbasi – https://stadion.uz/

Chip Stapleton
Kopirayter