Isko shartnomasini uzaytirishi mumkin
Yarim himoyachi Isko faoliyatini «Betis»da davom ettirishi mumkin, bu haqda Todofichajes jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati 31 yoshli futbolchining o‘yinlaridan qoniqish hosil qilgan va u bilan yangi mehnat shartnomasini imzolashga tayyor.
Yarim himoyachi va «Betis» o‘rtasidagi amaldagi shartnoma 2024 yilning iyun oyi oxirida tugaydi. Isko o‘tgan yozda Sevilya klubiga erkin agent sifatida kelib qo‘shilgan edi.
Joriy Ispaniya chempionatida yarim himoyachi to‘qqizta o‘yin o‘tkazib, bitta gol va bitta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Uning uchta sariq kartochkasi bor.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/