Premyer-liga klubi Kepani «Chelsi»dan ijaraga olmoqchi
«Chelsi» darvozaboni Kepa Arrisabalaga faoliyatini boshqa klubda davom ettirishi mumkin, deya xabar bermoqda jurnalist Fabrisio Romano.
Manba bergan xabarga ko‘ra, 29 yoshli ispaniyalik futbolchiga «Bornmut» da’vogarlik qilmoqda. Klub darvozabonni mavsum oxirigacha ijaraga berishga tayyor. Futbolchi tez orada tibbiy ko‘rikdan o‘tadi.
«Real» o‘tgan yilning avgust oyida «Chelsi»dan Kepani ijaraga olgandi. 2023/24 yilgi mavsumda darvozabon Madridliklar safida 20 ta o‘yin o‘tkazib, 18 ta gol o‘tkazib yuborgan va 9 ta o‘yinda o‘z darvozasi dahlsizligini saqlab qolgan.
Yangilik manbasi – https://stadion.uz/